Turkiya Iroq va Suriya shimolida “Panja-qilich" havo operatsiyasini amalga oshirdi

Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi shunngdek, Suriya va Iroq shimolidagi terror ob'yektlariga qarshi havo operatsiyasining ilk suratlarini e'lon qildi.

1908336
Turkiya Iroq va Suriya shimolida “Panja-qilich" havo operatsiyasini amalga oshirdi

 

Iroq va Suriya shimolidagi terroristlar tomonidan harbiy baza sifatida foydalanilayotgan hududlarda “Panja-qilich" havo operatsiyasi amalga oshirildi.

Bu haqda Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, Iroq va Suriya shimolidagi terroristlar tomonidan harbiy baza sifatida foydalanilayotgan hududlarda havo operatsiyasi amalga oshirildi.

Vazirlik tomonidan tunda amalga oshirilgan havo operatsiyasi bilan bog'liq bayonotda quyidagilar qayd etildi:

“PKK/KCK/YPG va boshqa terror unsurlarini zararsizlantirish, Iroq va Suriya shimolidan xalqimiz va xavfsizlik kuchlarimizga qaratilgan terror hujumlarini bartaraf etish, chegara xavfsizligini taʼminlash, terror bazasini yoʻq qilish maqsadida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 51-moddasidan kelib chiqadigan oʻzimizni mudofaa qilish huquqlarimizga muvofiq, terroristlar tomonidan mamlakatimizga hujum qilish uchun baza sifatida foydalanilgan Iroq va Suriya shimolidagi hududlarda “Panja-qilich” havo operatsiyasi oʻtkazildi"

Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi shunngdek, Suriya va Iroq shimolidagi terror ob'yektlariga qarshi havo operatsiyasining ilk suratlarini e'lon qildi.

Vazirlikning Twitter sahifasida berilgan bayonotda, "Terror bazalari aniq zarbalar bilan vayron qilindi" degan ifodalarga o'rin berildi.

Unda terrorchilar nishonlariga zarba berilgan lahzalarning video tasvirlari ham kiritilgan.

Prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) matbuot kotibi O’mer Chelik, Adliya vaziri Bekir Bozdag', Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Vedat Bilgin terrorizmga qarshi operatsiyani qo’llab-quvvatladi.


Tanlangan kalimalar: #operatsiya , #Panja-qilich , #Turkiya

Aloqador xabarlar