PKK/YPG a'zosi Husam A. Suriya Azezda xavfsizlik kuchlari tomonidan qo'lga olindi

Istanbuldagi bombali hujumni amalga oshishiga yordam bergan bo'lginchi terror tashkiloti PKK/YPG a'zosi Husam A. Suriya Azezda xavfsizlik kuchlari tomonidan qo'lga olindi.

1907272

13-noyabr kuni Istiqlol ko‘chasida sodir bo‘lgan, 6 kishi halok bo‘lgan va 81 kishi yaralangan portlash bilan bog‘liq tergov doirasida xavfsizlik kuchlari Suriyaning Azez mintaqasida “Husam” laqabli gumonlanuvchini qo‘lga oldi. harakatni amalga oshirgan uchun terroristga yordam berib  gumonlanuvchilar bilan birgalikda harakat qilgani aniqlandi.

PKK/KCK/PYD/YPG terror tashkiloti a'zosi ekanligi aniqlangan gumonlanuvchi Beyog'ludagi portlashdan bir yil oldin Istanbulga kelgani ma’lum bo’ldi.

Hujumni uyushtirgan Ahlam Albashir va uning hamrohlari bilan birga harakat qilgan "Husam" laqabli  gumondor, hujumga tayyorgarlik jarayonida ularga yordam  berib  hujum ortidan boshlangan operatsiya davomida ushlana olmagani aniqlandi. Portlashdan keyin Suriyaga qochib ketgani bildirildi.

Xavfsizlik kuchlari tomonidan uyushtirilgan operatsiya bilan Azezda qo'lga olingan gumondor, so'roq ve tergov   uchun Istanbulga keltiriladi.

Aloqador xabarlar