Meksika tashqi ishlar vaziri ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li va Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard Kasaubon raisligida Turkiya-Meksika Ikkinchi Milliy Oliy Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi.

1907137
Meksika tashqi ishlar vaziri ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Meksika Tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard Kasaubon ertaga, 17 noyabr kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard Kasaubon 2022 yil 17-18 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keladi. Tashrif munosabati bilan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li va Meksika Tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard Kasaubon raisligida Turkiya-Meksika Ikkinchi Milliy Oliy Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi. Shu doirada strategik sheriklik darajasidagi ikki tomonlama munosabatlarimiz hamda mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan",-deyiladi xabarda.


Tanlangan kalimalar: #Marselo Ebrard Kasaubon , #Meksika

Aloqador xabarlar