Milliy Mudofaa vazirligi Istanbuldagi hujumning javobsiz qolmasligini ta'kidladi

Milliy Mudofaa vazirligi Istanbuldagi hujumning javobsiz qolmasligini ta'kidlab, "Istanbulda gunohsiz tinch aholini nishonga olgan terroristlar, bu hujumning badalini ortig‘i bilan to‘laydi!"-dedi.

1906633
Milliy Mudofaa vazirligi Istanbuldagi hujumning javobsiz qolmasligini ta'kidladi

Milliy Mudofaa vazirligi Istanbulning Istiqlol ko‘chasida sodir etilgan teraktning badali to‘latilishini bildirdi.

Yakshanba kuni Taksimning Istiqlol ko‘chasida sodir bo‘lgan portlashda 6 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 81 kishi tan jarohati oldi.

Ushbu hujum javobsiz qolmasligini ta’kidlagan Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

“Qahramon turk askarlari oldiga chiqishga jur’at etolmagan, Zabda, Iroq va Suriya shimolida chorasiz qolgan, turk askarlarining nafasidan ham qorqqan va pastkashlikning cho‘qqisiga chiqqanini butun dunyoga namoyon etgan PKK/YPG terror tashkiloti bosh bo‘lish bilan birga terror tashkilotlarining insonlik dushmani, xalq dushmani ekanini ko‘rmaslikka olishda oyoq tiraganlar bor. Terrorning eng shafqatsiz usuli orqali Istanbulda gunohsiz tinch aholini nishonga olgan terroristlar, bu hujumning badalini ortig‘i bilan to‘laydi! Bu yurtdan ham, bu jug‘rofiyadan ham daf bo‘lib ketadilar!”



Aloqador xabarlar