Dunyoning ko'plab davlatlaridan Turkiyaga ta'ziya maktublari kelmoqda

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Istanbuldan hayratga soladigan tasvirlar kelganini aytib, turk xalqi va portlashdan jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi.

1905963
Dunyoning ko'plab davlatlaridan Turkiyaga ta'ziya maktublari kelmoqda

 

Kecha Istanbulning Istiqlol ko'chasida sodir bo'lgan portlashda ko'plab tinch aholi vakillari hayotdan ko'z yumganligi munosabati bilan dunyoning ko'plab davlatlaridan ta'ziya maktublari kelmoqda.

Jumladan, Yevropa Ittifoqi Kengashi Rahbari Charles Mishel ijtimoiy media orqali bergan bayonotida, Istanbuldan dahshatli xabar olganligini bildirdi.

Mishel Istiqlol ko'chasidagi portlashda hayotdan ko'z yumganlarga hamdardlik bildirar ekan, bu qayg'uli vaqtda turk xalqi bilan birga ekanligini bildirdi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Istanbuldan hayratga soladigan tasvirlar kelganini aytib, turk xalqi va portlashdan jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi.

“NATO ittifoqdoshimiz Turkiyaga hamdardmiz”, deb yozgan Stoltenberg ijtimoiy tarmoqlarda.

Yevropa Ittifoqining kengayishdan mas'ul komissari Oliver Varhelyi ham Istiqlol ko'chasidagi portlashdan so'ng qiyin kunlarda turk xalqining yonida ekanligini ma'lum qildi.

Amerika Qo'shma Shtatlarida Oq uy matbuot kotibi Karine Jean-Pierre yozma bayonotida Istanbuldagi "terrorchilik harakatini" qoraladi va AQSh terrorizmga qarshi kurashda NATO ittifoqchisi Turkiyaning yonida ekanligini bildirdi.

Shuningdek, Ozarbayjon, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Rossiya, Ukraina, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Misr, Niderlandiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Vengriya, Ruminiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Litva, Latviya, Belarus, Fransiya, Gretsiya, Isroil, Jazoir, Quvayt, Qatar, Falastin, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iroq, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Chernogoriya, Xorvatiya, Sloveniya, Albaniya, Shimoliy Makedoniya, Kosovo, Gruziya, Hindiston, Pokiston , Afrika davlatlari, Eron va Argentina bilan bir qatorda, dunyoning ko'plab davlatlari Turkiyaga hamdardlik bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Turkiya

Aloqador xabarlar