Erdo‘g‘an:"Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz"

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar sammitida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ham nutq so‘zladi.

1905358
Erdo‘g‘an:"Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz"

 

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar sammitida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ham nutq so‘zladi.

“Avvalo mehmondo‘stlik uchun birodar o‘zbek xalqi va rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. 

Bilasiz, kelgusi yilda Qorabog‘dagi g‘alabaning ikki yilligi nishonlanadi. Biz doimo Ozarbayjonning yonida bo‘lamiz va qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Biz barcha Turkiy davlatlar bilan xavfsizlik masalalarida faol hamkorlik qilamiz. Davlatlarimizga tajovuz qilgan terrorchilar qayerga qochmasinlar, hamkorlikda ta’qib qilishda davom etamiz.

Turkiya shu paytgacha juda ko‘p – 5 mln nafarga yaqin qochoqlarni qabul qildi. Biz ularga bundan keyin ham yordam berishda davom etamiz”, – deydi Turkiya prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Samarqand , #Erdo'g'an , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar