Turkiya Energetika va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do'nmez Jazoirga tashrif buyurdi

Amaliy tashrif bilan Jazoirda bo'lgan vazir Do'nmez poytaxt Muradiye saroyida mamlakat prezidenti Abdulmejid Tebbun tomonidan qabul qilindi.

1905220
Turkiya Energetika va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do'nmez Jazoirga tashrif buyurdi

 

Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do'nmez Turkiya bilan Jazoir o'rtasidagi aloqalarning ortib borayotganligini bildirdi.

Amaliy tashrif bilan Jazoirda bo'lgan vazir Do'nmez poytaxt Muradiye saroyida mamlakat prezidenti Abdulmejid Tebbun tomonidan qabul qilindi.

Vazir Do'nmez, keyinroq Jazoir Energetika va Ma'dan vaziri Mohammad Arkab bilan uchrashdi. So'ngra uchrashuv yakunlari bo'yicha qo'shma matbuot anjumani o'tkazildi.

Do'nmez Turkiya bilan Jazoir o'rtasidagi aloqalarning so'nggi yillarda ham ortib borayotganiga diqqat qaratdi.

“Har bir sohada kuchayib borayotgan bu birlik siyosiy, iqtisodiy va texnologik sohalarda oʻzini aniq namoyon etmoqda. Janob Tebbun ham, prezidentimiz janob Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ham ikki tomonlama aloqalarni oshirishga qaratilgan ko‘rsatmalarga ega. 5 milliard dollar atrofida bo'ladigan savdo hajmimiz, ehtimol, 10 milliard dollar darajasiga yetishi mumkin, bu ikki liderning kelgusi yillarda belgilagan maqsadidir”, dedi Fatih Do'nmez.


Tanlangan kalimalar: #Jazoir , #Turkiya

Aloqador xabarlar