Turkiya Maorif jamg’armasining “2-Istanbul ta’lim sammiti” bo'lib o'tdi

Bag’larbashi Kongress va Madaniyat markazida o’tkazilgan sammitda “COVID naslining kelajagi” va “O’zgachalashtirilgan ta’lim” mavzulari muhokama qilindi.

1903228
Turkiya Maorif jamg’armasining “2-Istanbul ta’lim sammiti” bo'lib o'tdi

 

Turkiya Maorif jamg’armasi tomonidan uyushtirilgan “2-Istanbul ta’lim sammiti” yakunlandi.

Turkiya Maorif Jamg'armasi tomonidan TRT homiyligida uyushtirilgan, 7 davlatdan ta’lim vazirlari va ta’lim sohasi bo’yicha qator mutahassislar "Maktab kelajagi, pandemiyadan keyingi ta'lim ehtiyojlari" mavzusida to’plangan  “2-Istanbul ta’lim sammiti” o’z nihoyasiga yetdi.

Bag’larbashi Kongress va Madaniyat markazida o’tkazilgan sammitning ikkinchi va oxirgi kunlarida bo’lib o’tgan anjumanlarda “COVID naslining kelajagi” va “O’zgachalashtirilgan ta’lim” mavzulari muhokama qilindi.

Sammitning yakuniy anjumanida esa, “Ta'limda muqobil izlanishlar” mavzusiga o’rin berildi. Istanbul Madaniyat universiteti ta’lim xodimi dotsent O’mer Avji raisligida o’tkazilgan anjumanda EdX Biznesni rivojlantirish bo’yicha yetakchi Jon Shvarts, “Coursera for Campus Global” rahbari Skott Shireman, Marmara universiteti professori Kemal Sayar, Peshavar universiteti Ta’lim sotsiologiyasi va O‘qituvchilar ta’limi professori Sayid Munir Ahmad va Afrika taraqqiyot universiteti rektori Kader Kaneye o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

"Badavlat insonlar bilan kambag’al insonlar orasidagi bo’shliqni to’ldiramiz”

Covid-19 epidemiyasi oqibatida ta'lim tizimi birdan virtual ta'lim modeliga o'tganini eslatgan EdX Biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchi Jon Shvarts shu yo'l bilan yanada kengroq auditoriyaga erishish mumkinligini ta'kidladi.

Shvarts ma’ruzasini shunday davom ettirdi:

“Agar men sizning oldingizga kelib, ular Harvard va Milliy razvedka tashkiloti (MIT) talabalariga o'z ma’ruzalarini, darslarini dunyodagi har kimga bepul taklif qilishlarini aytsam, nima deysiz? Biz umrbod ta'lim ekotizimini hammaga, hamma joyda taqdim etamiz. Ayniqsa, ushbu yuqori sifatli oliygohlarga kira oladigan aqlli va badavlat insonlar bilan kambag’allar orasidagi bo’shliqni to’ldiryabmiz. Kunimizdagi ta’lim tizimida biz buni tan olishimiz, rivojlanishimiz va vosita sifatida foydalanishimiz kerak”

 

"Uch hafta ichida millionlab talabalar tugmani bosib, onlayn ta’limga o’tishdi”  

Masofaviy ta'lim yuzma-yuz ta'limga muqobil bo'la oladimi, degan savolga to’xtalgan Shvarts shunday dedi:

"Men o'zimga bu savolni ko'p berdim va ha, muqobil yo’l topildi. Uch hafta ichida millionlab talabalar tugmani bosib, onlayn ta'limga o'tishdi. Biz butun epidemiya davomida buning muhimligini ta'kidladik. Orqaga tortganlar ham bo'ldi. Buning qanday bo’lishi xususida odamlarda hech qanday fikr yo’q edi. Ular uning ta'sirini bilishmasdi, ammo epidemiya, hatto dahshatli narsa bo'lsa-da bizning sinovimiz edi. Butun dunyo bo'ylab men tanigan barcha bir shaklda onlayn dars oldi”.

 

"Onlayn ta'lim ko'plab yo’nalishlarda samarali vositadir”

“Coursera for Campus Global” rahbari Skott Shireman virtual ta'limning muhimligini ta'kidladi.

Virtual ta'limning ham foydali tomonlari borligini tilga olgan Shireman, “Onlayn ta'lim ko'plab jabhalarda samarali vositadir. Birinchisi ta'lim beradi. Universitet talabalari uchun ham foydali. Chunki, avvaldan sizga taqdim etilmagan qulaylik yaratadi. Onlayn ta’limning ba'zi foydalari bor. Ba'zilariga ko’ra, yuzma-yuz muloqotdan onlayn yaxshiroq va bir-birini rag'batlantiradigan va qo'llab-quvvatlaydigan tizimlar. Ayni paytda biz yuzma-yuz va onlayn ta’limni talabalarga yo‘naltirilgan va o‘zimizdagi vositalardan foydalangan holda rivojlantirmoqdamiz”, dedi.

Sammit doirasida Turkiya Maarif jamg’armasi tomonidan uyushtirilgan 3-Xalqaro Maorif fotosuratlari tanlovining mukofotlari topshirildi. Tanlovda pokistonlik Shajar Zahra birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, burundilik Raniya Hasan ikkinchi, afg‘onistonlik Mustafo Rejebi uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar o‘z mukofotlarini Turkiya Maorif jamg’armasi Vasiylik kengashi raisi professor Birol Akgundan qabul qilib oldi.



Aloqador xabarlar