Erdo'g’an BMT Bosh kotibi Antonio Guterres bilan muloqot qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterres bilan telefon orqali muloqot qildi.

1901948
Erdo'g’an BMT Bosh kotibi Antonio Guterres bilan muloqot qildi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterres bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik aloqa mudirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi va Qora dengiz don koridoriga oid o'zgarishlar muhokama qilindi.

Muloqotda Erdog’an, Rossiya va Ukraina bilan eng yuqori darajada amalga oshirgan diplomatik aloqalar natijasida don yo’lagi qayta ishlay boshlaganidan mamnunligini bildirdi.

Prezident Erdo'g'an, endi Istanbul konsensusining muddatini uzaytirishga e'tibor qaratish zarurligini bildirdi.

Guterres, shuningdek, Erdo'g'anga g'alla koridorini ishga tushirish uchun qilgan sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Suriyaga yuborilgan transchegaraviy gumanitar yordamga to’xtalgan Prezident Erdog’an, 10-yanvarda muddati tugaydigan Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasining uzaytirilishiga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchli qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar