Erdo'g'an Germaniya kansleri Olaf Scholz bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Turkiya-Germaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

1900704
Erdo'g'an Germaniya kansleri Olaf Scholz bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Germaniya kansleri Olaf Scholz bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, suhbat chog'ida Turkiya-Germaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, ahamiyatga molik mintaqaviy masalalar bo'yicha fikr almashildi.

Prezident Erdo'g’an ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni har sohada mustahkamlash maqsadida Germaniya kansleri Scholz bilan diplomatik muloqotni jadallashtirishga alohida ahamiyat berganligini bildirdi.

Germaniyaning Turkiya-Yunon munosabatlarida betaraf pozitsiyasiga qaytishidan umidvorligini tilga olgan Erdo'g'an, Turkiya-Yevropa Ittifoqi muloqoti, Bojxona ittifoqini yangilash uchun muzokaralar va a'zolik muzokaralarini jonlantirish kerakligini ta'kidladi.

Erdo'g’an va Olaf Scholz Rossiya-Ukraina urushidagi so’nggi o’zgarishlar bo'yicha ham fikr almashdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Olaf Scholz , #Erdo'g'an , #Turkiya , #Germaniya

Aloqador xabarlar