Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Rossiyaning don kelishuvi borasida bayonot berdi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Rossiyaning don kelishuvini to'xtatib qo'ygani haqida, “Rossiya ikkilanayotgan boʻlsa-da, biz insoniyatga xizmat qilish borasidagi saʼy-harakatlarimizni qatʼiyat bilan davom ettiramiz”. dedi.

1899959
Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Rossiyaning don kelishuvi borasida bayonot berdi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Rossiyaning don kelishuvini to'xtatib qo'ygani haqida,

“Rossiya ikkilanayotgan boʻlsa-da, biz insoniyatga xizmat qilish borasidagi saʼy-harakatlarimizni qatʼiyat bilan davom ettiramiz”. dedi.

Prezident Erdo’g’an Istanbulda o’tkazilgan 8-Turk Tibbiyot dunyosi kongressi va Tibbiyot tarixiga  o’tmishga vafo mukofotini topshirish marosimida nutq so’zladi.

Rossiyaning g'alla kelishuvini to'xtatib qo'yishini baholagan Erdo'g'an:

“Rossiya oʻzi uchun (Ukraina bilan) bir xil qulayliklar yaratishda ikkilanayotgan boʻlsa ham, biz insoniyatga xizmat qilish borasidagi saʼy-harakatlarimizni qatʼiyat bilan davom ettiramiz”, dedi u.

Erdo‘g‘an, g‘alla kelishuvi bilan 9,3 million tonna Ukraina bug‘doyi dunyoning  xizmatiga qo‘yilganini, oziq-ovqat inqirozi nisbatan kamayganini qayd etdi.

22 iyul kuni Istanbulda Turkiya, Rossiya, Ukraina va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) oʻrtasida don shartnomasi imzolangan edi.

Biroq Rossiya juma kuni G‘arb sanksiyalari tufayli Rossiya don va o‘g‘itlarini boshqa davlatlarga jo‘natilmasligini  va ular mavjud ma’lumotlarga asoslanib, 18 noyabrgacha don shartnomasini uzaytirish haqida qaror qabul qilishlarini ham  ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Don , #Rossiya , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar