Erdo'g'an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergni qabul qiladi

Uchrashuvda Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zo bo'lish jarayoni hamda 24 fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi bilan bog'liq o'zgarishlarning muhokama qilinishi kutilmoqda.

1898866
Erdo'g'an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergni qabul qiladi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an noyabr oyi boshida NATO bilan qizg'in diplomatik aloqalar olib boradi.

Qayd etilishicha, Erdo'g’an 4 noyabr kuni Istanbulda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergni qabul qilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvda Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zo bo'lish jarayoni hamda 24 fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi bilan bog'liq o'zgarishlarning muhokama qilinishi kutilmoqda.

Erdo'g'an chorshanba kuni telefon orqali muloqot qilgan Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristerssonni 8 noyabr kuni poytaxt Anqarada kutib oladi. Uchrashuvda Turkiya-Shvetsiya munosabatlari bilan bir qatorda Shvetsiyaning NATOga a'zolik jarayoni ham muhokama qilinishi ko'zda tutilgan.

Eslatma: Prezident Erdo'g'an Ulf Kristersson bilan telefon orqali muloqotida Shvetsiyaning yangi Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan uni tabriklagandi. Erdo'g'an ayni vaqtda Ulf Kristerssonni poytaxt Anqarada mehmon qilishdan mamnun bo'lishini bildirgandi.

Prezident shuningdek, terror tashkilotlari Shvetsiyaning NATOga a’zoligi va Turkiya bilan o’zaro munosabatlarini garovga olishiga yo’l qo’ymaslik umumiy manfaatlar ekanini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar