Türkiye Erondagi qurolli hujumni keskin qoraladi

Türkiye nomidan Mevlut Chavusho‘g‘lu Erondagi qurolli hujumni keskin qoraladi.

1898677
Türkiye Erondagi qurolli hujumni keskin qoraladi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Eronning Shiroz shahrida, bir maqbarani nishonga olgan terror hujumini keskin qoraladi.

Mavlut Chavusho‘g‘li mavzu haqida o‘zining Twitter sahifasida bayonot berdi va unda:

“Eronning Shiroz shahridagi muqaddas shia ziyoratgohini nishonga olgan jirkanch va xoin terror hujumini keskin qoralaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu, hujumda hayotdan ko‘z yumganlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tiladi.

Eslatib o‘tamiz:

Kecha Eronning IRNA rasmiy agentligi, Fors viloyatining maʼmuriy markazi boʻlgan Shiroz shahrida qurolli hujum uyushtirilgani haqida xabar bergandi.

Fors shahar hokimi o‘rinbosari Ismoil Muhibpur, “Shoh Cherag” maqbarasiga uyushtirilgan hujumda kamida 15 kishining hayotdan ko‘z yumgani, 27 kishining tan jarohati olganini ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar