Prezident Erdo‘g‘an britaniyalik qo‘shiqchi Yusuf Islom konsertini tomosha qildi

Yusuf Islom, poytaxt Anqaraning Beshtepe tumanida joylashgan “Xalq kongress va madaniyat markazi”da konsert berdi.

1897400
Prezident Erdo‘g‘an britaniyalik qo‘shiqchi Yusuf Islom konsertini tomosha qildi
erdogan yusuf islam konser2.jpg
erdogan yusuf islam konser1.jpg
erdogan yusuf islam konser.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an britaniyalik qo‘shiqchi Yusuf Islom konsertini tomosha qildi.

Ket Stivens nomi bilan 1960-1970 yillari mashhur bo‘lgan, 1977-yili islom dinini qabul qilib o‘z nomini “Yusuf Islom” deb o‘zgartirgan qo‘shiqchi, poytaxt Anqaraning Beshtepe tumanida joylashgan “Xalq kongress va madaniyat markazi”da konsert berdi.

Konsertni Prezident Erdo‘g‘an bilan rafiqasi Emine Erdo‘g‘an, vitse-prezident Fuat O‘ktay, vazirlar kengashi a’zolari, Yusuf Islomning rafiqasi Fauzia Muborak Ali va o‘g‘li Muhammad Islom ham tomosha qildi.

Britaniyalik qo‘shiqchi, konsert dasturi davomida mehmonlar bilan suhbat qilishni ham kanda qilmadi.

Yusuf Islom konsert dasturi ortidan Prezident Erdo‘g‘anga gitara sovg‘a qildi.

Emine Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, mashhur qo‘shiqchi Yusuf Islom va uning oilasini Türkiyeda mehmon qilishdan xursand bo‘lganini ifoda etgan holda:

“Musiqaning umumbashariy tili aks etgan asarlari bilan qalbimizdan chuqur o‘rin oldi. Ayniqsa, xalq shoiri Yunus Emredan ilhom olgan kuyni katta hayajon bilan tingladik”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar