Putin Erdo‘g‘anga Turkiyada gaz xabini yaratishni taklif qildi

Bu haqda Putin kecha, 13 oktyabr kuni Ostonada Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan yakkama-yakka uchrashuvda ma'lum qildi.

1892700
Putin Erdo‘g‘anga Turkiyada gaz xabini yaratishni taklif qildi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiyada tashkil etish taklif etilayotgan gaz xabi gaz narxini aniqlash platformasiga aylanishi mumkinligini aytdi.

Bu haqda Putin kecha, 13 oktyabr kuni Ostonada Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan yakkama-yakka uchrashuvda ma'lum qildi. 

“Biz birgalikda yaratishimiz mumkin bo‘lgan ushbu markaz faoliyati davomida, albatta, bu nafaqat ta’minot, balki narxni aniqlash uchun platforma bo‘lar edi, chunki bu juda muhim masala – narxlash masalasi”, deydi Putin. 

Putinning aytishicha, bugungi kunda narxlar haddan tashqari qimmat.

“Biz ularni hech qanday siyosiy ohanglarsiz oddiy bozor darajasida osongina tartibga solishimiz mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan Rossiya rahbari. 

Rossiya Prezidentining aytishicha, 12 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan “Rossiya energetika haftaligi” forumida Turkiya energetika vaziri Fatih Do'nmez, “Botas” va “Gazprom” rahbariyati bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilgan. 

“Men buni ochiq aytdim: agar Turkiyaga va boshqa mamlakatlardagi potensial xaridorlarga qiziqish bo‘lsa, boshqa gaz quvurlari tizimini qurish va Turkiyada boshqa davlatlarga, birinchi navbatda uchinchi davlatlarga sotish uchun gaz markazini yaratishni ko‘rib chiqishimiz mumkin. Albatta, yevropaliklarga, agar ular bundan manfaatdor bo‘lsalar, albatta”, deb aytgan Rossiya prezidenti.

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Turkiya Prezidenti Putinning respublikada gaz xabini yaratish taklifiga juda ijobiy baho berdi. 

“Mavzu juda ijobiy qabul qilindi. Bu birgalikda ishlab chiqiladi”, deydi u Erdo‘g‘anning bu taklifga qanday javob bergani haqidagi savolga javoban Peskov. 

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin “Rossiya energetika haftaligi” forumida gaz markazini yaratish g‘oyasi bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, Boltiq dengizi tubi bo‘ylab “Shimoliy oqim” orqali yo‘qolgan gaz tranziti Qora dengiz mintaqasiga o‘tkazilishi va shu tariqa Turkiyada Yevropadagi eng yirik gaz xabini yaratish mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya , #Erdo'g'an , #Putin

Aloqador xabarlar