Hulusi Akar bilan Shoygu Ukraina va Suriya masalalarini muhokama qildi

Hulusi Akar, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan telefon orqali muloqot qildi.

1891605
Hulusi Akar bilan Shoygu Ukraina va Suriya masalalarini muhokama qildi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan telefon orqali muloqot qildi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, uchrashuvda o‘zaro va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik, ayniqsa Ukraina va Suriya masalalari muhokama qilindi.

Ukraina masalasida Hulusi Akar, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan bir necha bor ta’kidlanganidek, “qurbonlar soni ortmasligi, mintaqa tinchligi va barqarorligi” uchun zudlik bilan o‘q uzishni to‘xtatish e’lon qilinishining ahamiyatini ta’kidladi.

O‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish istagi kuzatilgan uchrashuvda, muvaffaqiyatli ravishda davom etgan don yetkazib berish faoliyati ustidan ham fikr almashildi.

Unda, insonparvarlik yordami masalasida har qanday yordamni berishga uringan Türkiyening, mintaqada tinchlik o‘rnatish uchun bugungacha bo‘lganidek bundan keyin ham zimmasiga tushgan vazifani bajarishga tayyor ekani ifoda etildi.

Suriyaning shimoli masalasida esa Mudofaa vaziri Hulusi Akar, terror xavfi va yo‘lagining butunlay to‘silishi va terror tashkilotlarining yo‘q qilinishi ustivor vazifalardan biri ekanini qayd etdi.

Akar, bu mavzularda erishilgan kelishuvlarga rioya qilishning ahamiyatini takror ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar