Erdo'g’an Qozog’iston prezidenti tomonidan “Do’stlik ordeni” bilan taqdirlandi

"Rivojlangan strategik hamkorimiz qardosh Qozogʻistonning xavfsizligi, barqarorligi, hududiy yaxlitligi va farovonligiga katta ahamiyat beraman",-dedi Erdo'g'an uchrashuv yakunlari bo'yicha o'tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida.

1891993
Erdo'g’an Qozog’iston prezidenti tomonidan “Do’stlik ordeni” bilan taqdirlandi
erdogan-tokayev dostluk madalyasi.jpg
erdogan-tokayev1.jpg
erdogan-tokayev.jpg

 

Bugun, 12 oktyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Qozog‘istonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Oliy martabali mehmon Akorda saroyida Qozog’iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi. Erdo'g'an sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyasi chalindi.

So'ngra, Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvlari boshlandi.

Shuningdek, tegishli vazirlar ishtirokida bo'lib o'tgan yig'ilishda Turkiya-Qozog'iston munosabatlari har tomonlama ko'rib chiqiladi va kengaytirilgan strategik sheriklikni chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Uchrashuvlarda mintaqaviy va global muammolar hamda ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashiladi. Ortidan uchrashuv yakunlari bo'yicha qo'shma matbuot anjumani o'tkazildi.

"Aloqalarimiz xalqlarimiz o‘rtasidagi til va diniy aloqalar bilan mustahkamlangan. Biz Qozog‘iston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olganmiz",-dedi Erdo'g'an anjumanda so'zlagan nutqida.

To'qayevning may oyida Turkiyaga tashrifi chog‘ida 14 ta shartnoma imzolanganini eslatgan Erdo‘g‘an, bugun yana 6 ta shartnoma imzolanganini va bu kelishuvlar Turkiya-Qozog'iston munosabatlariga yangi turtki berishini aytdi.

"Biz transport va energetika sohalarida, ayniqsa O'rta koridorni rivojlantirishda aloqalarimizni mustahkamlash uchun faoliyatimizni davom ettiramiz. Turk dunyosining integratsiyasi yo'lida ham yangi qadamlar tashlaymiz",-deb qo'shimcha qilgan Erdo'g'an.

U shunngdek, To'qayev rahbarligida olib borilgan islohotlar qardosh qozoq xalqining tinchligi va farovonligiga hissa qo’shganini tilga oldi. Erdo'g'an ushbu sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatladi va muvaffaqiyatlar tiladi.

Qardosh Qozog‘iston bilan birdamlikning ahamiyatiga urg‘u bergan Erdo‘g‘an: "Mintaqaviy va global oʻzgarishlar Turk dunyosi sifatida bizdan yaqindan muvofiqlashtirish va birdamligimizni yanada mustahkamlashimizni talab qilmoqda. Rivojlangan strategik hamkorimiz qardosh Qozogʻistonning xavfsizligi, barqarorligi, hududiy yaxlitligi va farovonligiga katta ahamiyat beraman",-dedi.

Prezident Erdo'g’an Qozog’iston Prezidenti To'qayev tomonidan “Birinchi darajali Do’stlik ordeni” bilan taqdirlandi.

Tashrif doirasida Erdo'g'anning bir qator xorijiy davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalangan.



Aloqador xabarlar