Erdo'g'an ertaga rasmiy tashrif bilan Qozog'istonga safar qiladi

Davlat rahbari 12-14 oktyabr kunlari Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining navbatdagi Sammitida ishtirok etadi. Erdo'g'an sammitda nutq so’zlaydi.

1891440
Erdo'g'an ertaga rasmiy tashrif bilan Qozog'istonga safar qiladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an ertaga, 12 oktyabr kuni Qozog‘istonga tashrif bilan boradi.

Bu haqda Prezident huzuridagi Axborot va kommunikatsiya departamenti ma’lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, Davlat rahbari 12-14 oktyabr kunlari Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining navbatdagi Sammitida ishtirok etadi. Erdo'g'an sammitda nutq so’zlaydi. 

Erdo'g'an Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev bilan birga "Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining navbatdagi Sammiti"ga raislik qiladi.

Ertaga tegishli vazirlar ishtirokida bo'lib o'tadigan yig'ilishda Turkiya-Qozog'iston munosabatlari har tomonlama ko'rib chiqiladi va kengaytirilgan strategik sheriklikni chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Uchrashuvlarda mintaqaviy va global muammolar hamda ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashiladi.

Shuningdek, Prezident xorijiy davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar