Erdo'g'an Ostonada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Rossiya-1" kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

1891402
Erdo'g'an Ostonada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an shu hafta Qozog'iston poytaxti Ostonada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Rossiya-1" kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Erdo‘g‘an va Putin shu hafta (12-13 oktyabr) Ostonada Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OMSH) 6-sammiti doirasida uchrashadi. Bu uchrashuv ushbu masalalarni muhokama qilish uchun katta imkoniyatdir”, — deydi Sergey Lavrov.

Lavrov Turkiyaning Ukraina bilan muzokara olib borish taklifi haqida "Moskva har xil muzokara takliflarini tinglashga tayyor, lekin avvalo tashabbuslar mazmunini bilishi kerak",-dedi.

“Agar AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishni taklif qilsa, biz buni ko‘rib chiqamiz”, — dedi u.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya , #Putin , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar