Erdo‘g‘an Pragada Armaniston bosh vaziri Pashinyan bilan uchrashdi

"Pashinyan va Erdo‘g‘an Armaniston-Turkiya munosabatlarini normallashtirish jarayoni va bu boradagi mumkin bo‘lgan qadamlarni muhokama qildi”, deyiladi xabarda.

1889699
Erdo‘g‘an Pragada Armaniston bosh vaziri Pashinyan bilan uchrashdi

 

Turkiya Prezidenti Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 6 oktyabr kuni Chexiya poytaxti Pragada Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan kutilgan uchrashuvni amalga oshirdi.

Unda ikki mamlakat o‘rtasida quruqlikdagi chegarani ochish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo yuklarini amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Bu haqda Armaniston matbuotida yoritilgan xabarlarda qayd etilgan. 

"Tomonlar Armaniston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish kontekstida yuqori darajada to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar. Pashinyan va Erdo‘g‘an Armaniston-Turkiya munosabatlarini normallashtirish jarayoni va bu boradagi mumkin bo‘lgan qadamlarni muhokama qildi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumotga ko’ra, Erdo‘g‘an va Pashinyan  ikki davlat maxsus vakillari kelishuvlarini amalga oshirishni muhokama qilgan.  

“Unda uchinchi davlat fuqarolari uchun quruqlikdagi chegarani ochish, Armaniston va Turkiya o‘rtasida yuklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo orqali tashishni amalga oshirish kabi xususlar ko’zda tutilgan”,- deyiladi Armaniston OAV xabarida.

Turkiya matbuotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tgan. 

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Turkiya va Armaniston mintaqada yaxshi qo‘shnichilik tamoyiliga asoslangan munosabatlarni to‘liq normallashtirishga erisha oladi. 

“Pashinyan bilan bo‘lgan uchrashuvimizda ba’zi talablar muhokama qilindi. Turkiya Armaniston bilan munosabatlarni normallashtirish uchun hech qanday old shart qo‘ymaydi. Armaniston Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini tuzishi bilan biz bilan hech qanday muammoga duch kelmaydi”, deydi Erdo‘g‘an Pragadagi Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida. 

Eslatma: Armaniston va Turkiya rahbarlari oxirgi marta 2009 yilda uchrashuv o‘tkazgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Nikol Pashinyan , #Armaniston , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar