TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1887576
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriya shimolida PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 7 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotda:

“Suriya shimolida, Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududga qarshi o‘t ochgan va qahramon politsiya xodimimizni shahid qilgan PKK/YPG terror tashkiloti a’zolariga javob tariqasida o‘t ochilar ekan natijada, 7 terrorist yo‘q qilindi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududda joylashgan va “Ribat-2” deb nomlangan baza mintaqasiga sizib kirishga uringan terroristlar bilan xavfsizlik kuchlari o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvda, 2 terrorist yo‘q qilindi.

Turk Qurolli kuchlari 2016-yilning 24-avgustidan 2017-yilning 29-martigacha bo‘lgan davr mobaynida “Firot qalqoni” amaliyoti yuritdi va unda Suriya shimolini (Azez va Al-Bab) terror tashkilotidan qutqarishga muvaffaq bo‘ldi.



Aloqador xabarlar