Erdo'g’an IV Butunjahon ko’chmanchilar o’yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an tadbirda so'zlagan nutqida ming yillar davomida insoniyatda iz qoldirgan bu madaniyatning yo'q bo'lib ketishiga rozi emasligini aytdi.

1886759
Erdo'g’an IV Butunjahon ko’chmanchilar o’yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Iznikda bo’lib o’tgan IV Butunjahon ko’chmanchilar o’yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Erdo'g'an tantanali tadbirda nutq so'zladi.

Ko'chmanchilar o'yinlariga 2014, 2016 va 2018 yillarda Qirg'iziston mezbonlik qilganligini ta'kidlagan Erdo'g'an, yangi turdagi koronavirus epidemiyasi sababli 2020 yilda qoldirilgan o'yinlarning to'rtinchisi tarixiy va tabiiy go'zalliklarga boy Iznik shahrida bo'lib o'tayotganini ma'lum qildi.

“Ming yillar davomida jamiyatlar turli sabablarga ko'ra o'z joylarini tark etib, boshqa geografiyalarda yangi yashash joylarini qidirmoqdalar. Xuddi shunday jamoalar ham borki, ma'lum bir geografiyada doimiy ravishda yoki fasllarga ko'ra o'z o'rnini o'zgartirib, o'z hayotlarini davom ettirmoqdalar. Ushbu uzoq sayohatlar davomida uchrashgan inson jamoalari bir-biriga ta'sir qildi. Ommaviy axborot vositalari va aloqa vositalari dunyoni kichik bir qishloqqa aylantirgan bo‘lsa-da, migratsiya madaniyat va insoniy munosabatlarning eng samarali tashuvchisi bo‘lib qolmoqda”,-deb aytgan Erdo'g'an tadbirda so'zlagan nutqida.

Ming yillar davomida insoniyatda iz qoldirgan bu madaniyatning yo'q bo'lib ketishiga rozi bo'la olmasligini ifoda etgan Erdo'g'an,

"Buning uchun ochilishi o'tkazilayotgan oʻyinlarimiz bilan ham, shunga oʻxshash boshqa tadbirlar bilan ham koʻchmanchi madaniyatini turli jihatlari bilan saqlab qolishdan katta foyda koʻryabmiz. Ko‘chmanchilar o‘yinlarini butun dunyoga tarqatib, insoniyatning qadimiy merosini kelajak avlodlarga qoldirish vazifasi biz uchun muhim deb bilaman", - dedi Turkiya prezidenti.

IV Butunjahon ko’chmanchilar o’yinlari doirasida tashkil etilgan turli musobaqalar davom etmoqda.



Aloqador xabarlar