Turkiya Burkina-Fasodagi terror hujumini qoraladi

"Biz ushbu jirkanch hujumni keskin qoralaymiz, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamda do‘st va qardosh Burkina-Faso xalqiga hamdardlik bildiramiz hamda jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, - deyiladi bayonotda.

1886173
Turkiya Burkina-Fasodagi terror hujumini qoraladi

 

Turkiya Respublikasi Burkina-Fasodagi terror hujumini qoraladi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida qayd etilgan.

"Burkina-Fasoning So'm viloyatida sodir bo'lgan terror hujumida ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumganligi va tan jarohati olganligidan chuqur qayg'udamiz",-deyiladi bayonotda.

"Biz ushbu jirkanch hujumni keskin qoralaymiz, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamda do‘st va qardosh Burkina-Faso xalqiga hamdardlik bildiramiz hamda jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, - deb qo'shimcha qilingan bayonotda.

Burkina-Faso hukumatining voqea bilan bog'liq bayonotida, mamlakat shimoliga yuk olib ketayotgan 150 mashinalik harbiy konvoyga uyushtirilgan terror hujumida 11 askar halok bo'lgani, 50 nafar tinch aholi vakili esa bedarak yo'qolganligi bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Burkina-Faso , #Turkiya

Aloqador xabarlar