Erdo‘g‘an bilan Zelenskiy Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi oxirgi vaziyatlarni qo‘lga oldi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qildi.

1885815
Erdo‘g‘an bilan Zelenskiy Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi oxirgi vaziyatlarni qo‘lga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra uchrashuvda, 24-fevraldan beri davom etgan Rossiya-Ukraina urushi bilan bog‘liq oxirgi vaziyatlar qo‘lga olingan.

Prezident Erdo‘g‘an, muloqot chog‘ida, anchadan beri Rossiya-Ukraina o‘rtasida mahbuslarni almashish masalasi ustidan ish olib borilgani va uni muvaffaqiyatli yakunlaganliklaridan mamnunligini ifoda etdi.

Ukraina donining Qora dengiz orqali eksport qilinishi uchun tuzilgan kelishuvga amal qilinayotganini bildirgan Erdo‘g‘an, Zaporojye atom elektr stansiyasi masalasida ham shunga o‘xshash yondashuvni qo‘llash mumkinligini qayd etdi. Shuningdek, stansiya atrofida harbiylarsiz muhit tashkil etish uchun kerakli vositachilik va qulaylashtiruvchilik taklifining o‘z kuchini yo‘qotmaganini yetkazdi.  

Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi ba’zi hududlarida bir tomonli referendum o‘tkazish, diplomatik jarayonni jonlantirish sa’y-harakatlariga monelik qilishini ham ifoda etgan Prezident Erdo‘g‘an, urushning tinch va muzokara yo‘li bilan hal qilinishi uchun kerakli har qanday hissani qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirdi.



Aloqador xabarlar