Türkiye “Al-Aqsa" jome’ masjidi bosqinini qoraladi

Türkiye ishgʻol ostidagi Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan hujumni qoraladi.

1885078
Türkiye “Al-Aqsa" jome’ masjidi bosqinini qoraladi

Türkiye ishgʻol ostidagi Sharqiy Quddusdagi Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi isroilliklar tomonidan uyushtirilgan hujumni qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Ishgʻol ostidagi Sharqiy Quddusda isroillik radikal guruhning Isroil xavfsizlik kuchlari himoyasida Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi hujum uyushtirishini qoralaymiz va uni qabul qilish imkonsiz”.-deyildi.

Bayonotda shuningdek:

“Al-Aqsa jome’ masjidining muqaddasligi va xalqaro huquqqa tayangan maqomini paymol qilgan bu harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligi va taranglik avj olmasligi uchun Isroil yetakchiligini tezlik bilan chora koʻrishga chaqiramiz”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

Eslatib oʻtamiz:

Fanatik yahudiy koʻchmanchilar, Ibroniy taqvimiga koʻra yilning birinchi kuni hisoblangan “Rosh Hashana” bayrami munosabati bilan kecha ertalab Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi bosqin uyushtirar ekan, Isroil politisyasi, mazkur bosqinga norozichilik koʻrsatgan falastinliklarga monelik qilgandi.



Aloqador xabarlar