Mavlud Chavusho’g’li Shinzo Abening dafn marosimida ishtirok etdi

Bugun, 27 sentyabr kuni Tokio markazidagi “Nippon Budokan”  markazida Yaponiya sobiq Bosh vaziri Shinzo Abening dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.

1885338
Mavlud Chavusho’g’li Shinzo Abening dafn marosimida ishtirok etdi

 

Bugun, 27 sentyabr kuni Tokio markazidagi “Nippon Budokan”  markazida Yaponiya sobiq Bosh vaziri Shinzo Abening dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dafn marosimida Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ishtirok etdi.

Chavusho’g’li bu haqda Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.

“Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Shinzo Abening dafn marosimida mamlakatimiz nomidan qatnashdik va do‘st yapon xalqiga hamdardligimizni bildirdik”, — dedi Turkiya TIV rahbari.

Shinzo Abe Yaponiya tarixida bosh vazir lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan va mamlakat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan siyosiy arbob bo‘lgan.

Turkiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkam poydevorga ega bo‘lishda ham uning xizmatlari beqiyos.
67 yoshida suiqasd qurboni bo‘lgan Shinzo Abening vafoti munosabati bilan butun dunyo hamdardlik bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dafn marosimida 4000dan ortiq odam  jumladan, 700 ga yaqin xorijiy delegatlar ishtirok etdi. Ular orasida AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze, Singapur Bosh vaziri Li Syan Lun, Yevropa kengashi raisi Charlz Mishel, Janubiy Koreya Bosh vaziri Xan Deok Su, Milliy qo‘mita vitse-prezidenti, Rossiya Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy bor. 

 

 



Aloqador xabarlar