Mavlud Chavusho’g’li Shinzo Abening dafn marosimida ishtirok etadi

Mavlud Chavusho'g'li Shinzo Abening rasmiy dafn marosimida ishtirok etish uchun 26-27-sentyabr kunlari Yaponiyada bo'ladi.

1884250
Mavlud Chavusho’g’li Shinzo Abening dafn marosimida ishtirok etadi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun, 26 sentyabr kuni Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Shinzo Abening rasmiy dafn marosimida ishtirok etadi.

Mavlud Chavusho'g'li Shinzo Abening rasmiy dafn marosimida ishtirok etish uchun 26-27-sentyabr kunlari Yaponiyada bo'ladi.

Chavusho’g’lining tashrifi chog’ida Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Hayashi Yoshimasa bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

Sindzo Abe Yaponiya tarixida bosh vazir lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan va mamlakat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan siyosiy arbob bo‘lgan. Turkiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkam poydevorga ega bo‘lishda ham uning xizmatlari katta.  
67 yoshida suiqasd qurboni bo‘lib, vafot etgan Sindzo Abening vafoti munosabati bilan butun dunyodan hamdardlik bildirilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Shinzo Abe , #Mavlud Chavusho'g'li , #Turkiya

Aloqador xabarlar