Erdo'g'an Samarqandda “Buyuk ipak yo‘li” markazida daraxt ekdi

“Sharq xalqlari qadriyatiga ko‘ra, daraxt ekish – xayrli ish. Mamlakatlarimiz yetakchilari birgalikda ekkan daraxtlar ham SHHT mamlakatlarining do‘stligi, yaxshi qo‘shnichiligi, taraqqiyot va ravnaq sari mushtarak intilishlari ramzidir”, deyiladi xabarda.

1880596
Erdo'g'an Samarqandda “Buyuk ipak yo‘li” markazida daraxt ekdi

 

O'zbekistonning Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti davom etmoqda.

Avval xabar qilinganidek, SHHTda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarning yetakchilari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O'zbekiston OAV maʼlumotiga ko‘ra, ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo'mart Toqayev “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida daraxtlar ekdi.

“Sharq xalqlari qadriyatiga ko‘ra, daraxt ekish – xayrli ish. Mamlakatlarimiz yetakchilari birgalikda ekkan daraxtlar ham SHHT mamlakatlarining do‘stligi, yaxshi qo‘shnichiligi, taraqqiyot va ravnaq sari mushtarak intilishlari ramzidir”, deyiladi O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati tarqatgan xabarda.



Aloqador xabarlar