Erdo‘g‘an Turkiyada DEASh yetakchisi qo'lga olinganini ma'lum qildi

“Uzoq vaqt olib borilgan tekshiruvlarda bu terrorchining Suriya va Istanbulda aloqalari borligi aniqlangan va uning Turkiyaga kirish niyati haqida ma’lumotlar olingan”, deydi Erdo‘g‘an.

1878032
Erdo‘g‘an Turkiyada DEASh yetakchisi qo'lga olinganini ma'lum qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an DEASh terrorchilik tashkiloti yetakchilaridan biri Bashar Xattob G‘azal as-Sumaydon (“Abu Zeyd” kod nomi) Turkiyada qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Turkiya prezidenti Bolqon safaridan qaytgach, jurnalistlarga bergan intervyusida politsiya bosh boshqarmasi, Istanbul politsiya boshqarmasi va Milliy razvedka tashkiloti (MİT) hamkorligida o‘tkazilgan muvaffaqiyatli operatsiya natijasida DEASh yetakchisi qo‘lga olinganini ma'lum qildi.

Erdo‘g‘an Abubakr al-Bag‘dodiy va Abdulla Kardash yo‘q qilinganidan so‘ng, al-Sumaydon DEASh terrorchilarining muhim yetakchilaridan biriga aylanganini ta’kidlagan.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘roq paytida terrorchi DEASh terror tashkiloti qoshidagi ta’lim va adliya vazirliklariga rahbarlik qilganini aytgan.

“Uzoq vaqt olib borilgan tekshiruvlarda bu terrorchining Suriya va Istanbulda aloqalari borligi aniqlangan va uning Turkiyaga kirish niyati haqida ma’lumotlar olingan”, deydi Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, terrorchi shu kungacha soxta hujjatlardan foydalanib kelgan.

Erdo'g'anning aytishicha, as-Sumaydon MİT va Istanbul politsiya boshqarmasi tomonidan so‘roq qilinganidan keyin sudga topshirilgan.

Ma'lumot uchun, qo‘lga olingan terrorchi Bashr Xattob G‘azal as-Sumaydon BMT Xavfsizlik Kengashining 2022 yil 11 iyulda e’lon qilingan 30-sonli navbatdagi hisobotida terrorchi tashkilot rahbari sifatida qayd etilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #DEASh , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar