Eren amaliyotlari doirasida yana 82 nafar terrorist yo‘q qilindi

Eren amaliyotlari doirasida yil boshidan buyon yana 82 nafar terrorist yo‘q qilindi.

1876644
Eren amaliyotlari doirasida yana 82 nafar terrorist yo‘q qilindi

PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan Eren amaliyotlari doirasida yil boshidan buyon yana 82 nafar terrorist yo‘q qilindi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi tomonidan bayonot berildi.

Eren amaliyotlarining PKK terror tashkilotini mamlakat kun tartibidan chiqarish va mintaqada ekani tahmin qilingan terroristlarni yo‘q qilish maqsadida boshlatilgani qayd etildi.

Bu yil uyushtirilgan amaliyotlarda 82 terrorist yo‘q qilindi.

Ulardan tashqari terroristlar foydalangan 720 ta gʻor, boshpana va ombor vayron qilindi.

Shuningdek 144 ta mina va qoʻlda yasalgan portlaguvchi modda, 275 ta uzun stvolli qurol, 548 ta qoʻl granatasi, 62 ming 141 ta oʻq-dori qo‘lga kiritildi.

Ag‘rining Do‘g‘beyazit tumanidagi Tendurek tog‘i terroristlardan butunlay tozalandi.

 



Aloqador xabarlar