Hulusi Akar Gretsiyaga e'tiroz bildirdi

Hulusi Akar, Eskishehir viloyatida uyushtirilgan “Uchishni oʻrganish ta’lim yili”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

1875077
Hulusi Akar Gretsiyaga e'tiroz bildirdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Gretsiyaning igʻvogar tusdagi harakatlari va soʻzlarining davom etayotganini bildirgan holda:

“Gretsiyaning bu erkaligiga har doim, har joyda mutlaqo javob berdik, berishni davom etamiz”.-dedi.

Türkiyening Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Eskishehir viloyatida uyushtirilgan “Uchishni oʻrganish ta’lim yili”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ushbu marosimda soʻzlagan nutqida mintaqadagi xavf, tahdid va tahlikalarga e’tibor qaratgan holda ularni yaqindan kuzatganliklarini ifoda etgan Hulusi Akar:

“Egey dengizi, Sharqiy Oʻrta yer dengizi va Kiprdagi huquq va manfaatlarimizni himoya qilish uchun kerakli har qanday chorani koʻrdik, koʻrishni davom etamiz”,-dedi.

Turk uchoqlarining 23-avgust kuni Krit orolida joylashgan Gretsiyaga oid Rossiyada ishlab chiqarilgan S-300 Havo mudofaa tizimi tomonidan ta’qib qilinganini yodga solgan Mudofaa vaziri Akar:

“Gretsiyaning bu erkaligiga har doim, har joyda mutlaqo javob berdik, berishni davom etamiz. Hech qachon huquqlarimiz va manfaatlarizdan voz kechish niyatimiz yoʻq. Yurtimiz va xalqimizning haq va manfaatlarini bugungi kungacha himoya qildik, himoya qilishni ham davom etamiz. Gretsiyaning xalqaro huquq, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari va doʻstlikni oyoqosti qilib amalga oshirgan harakatlari va soʻzlarini yaqindan kuzatyapmiz. NATO va uchinchi davlatlarning ham Gretsiyaning qilganlarini koʻrishi kerak. Gretsiya masalasida barcha ittifoqdoshlarimizni ogohlantirdik. Xolis boʻlishlarini kutyapmiz. Bu yerdagi harakatlarning, gaplarning doʻstlik va ittifoqchilik bilan aloqasi yoʻqligini bilishlarini istaymiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Gretsiyaning, 1919-1922 yillari ba’zi davlatlarning qiziqtirishi va qoʻllab-quvvatlashi bilan Anadoʻluga bostirib kirishga harakat qilganini eslatgan Hulusi Akar, buning natijasida hafsalasi pir boʻlgan Gretsiyaning ana shu davrning bosh vazirini, vazirlarini va hatto bosh shtab boshligʻini qatl qilganini yodga soldi.

Milliy Mudofaa vaziri:

“Gretsiyaning shunga oʻxshash voqeaga aralashmasligi, takror boshini baloga soqmasligi, yana katta zarba yemasligi, hafsalasi pir boʻlmasligi uchun bunday tashabbuslardan voz kechishini, tarixdan saboq olishi kerakligini takror takror tegishli tomonlarga yetkazdik, yetkazishni davom etyapmiz. Biz Egey dengizi, Sharqiy Oʻrta yer dengizi va Kiprdagi huquq va manfaatlarimizni himoya qilish uchun kerakli har qanday chorani koʻrdik, koʻrishdan voz kechmaymiz”,-dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar