Mavlud Chavusho'g'li Sloveniyadagi 17-Bled Strategik Forumiga ishtirok etdi

Vazir Chavusho'g'li, har ikki davlat ham qabul qiladigan muzokaralar orqali tinchlikka erishish kerakligini ta'kidladi.

1873694
Mavlud Chavusho'g'li Sloveniyadagi 17-Bled Strategik Forumiga  ishtirok etdi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Ukraina-Rossiya urushida har ikki davlat ham qabul qiladigan muzokaralar yo’li bilan sulhga erishish zarurligini ma’lum qilib, “Muloqot bo’lmoqda va biz  ham qo’limizdan kelganini qilamiz” dedi.

Sloveniyada bo'lib o'tgan 17-Bled Strategik Forumiga  ishtirok etgan Mevlud Chavusho'g'li, "Yevropada qancha yevropa bor?" Sarlavhali  panelga  mehmon edi.

Chavusho’g’li, 24-fevralda boshlangan Rossiya-Ukraina urushining erta yoki kech tugashini, lekin qancha davom etishi ma’lum emasligini bildirdi.

"Va biz bu urushdan saboq olamizmi?" savolini berdi.

Vazir Chavusho'g'li, har ikki davlat ham qabul qiladigan muzokaralar orqali tinchlikka erishish kerakligini ta'kidlab, so'zlarini quyidagicha davom ettirdi:

"Ammo shu bilan birga Ukraina uchun adolatli  bir tinchlik yechimi bo'lishi kerak. Biz nimani nazarda tutyapmiz? Ukrainaning hududiy yaxlitligi kafolatlanishi kerak. Ha, muloqot bor. Muloqot bo'lmoqda va biz qo’limizdan kelganini qilyapmiz. Biz har ikki tomon bilan aloqadamiz.” deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar