Ibrohim Kalin:"Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi noqonuniy"

Rossiya va Ukraina o‘rtasida qandaydir kelishuv imzolangan taqdirda Qrim yana Ukraina tarkibiga qaytishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Turkiya Prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin “CNN” telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

1871958

“TRT” telekanali esa uning so‘zlaridan iqtibos keltirib, “Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi noqonuniy, Turkiyaning bu boradagi pozitsiyasi 2014 yildan buyon o‘zgargani yo‘q. Qrim Ukrainaning bir qismi. Bu Rossiya-Ukraina o‘rtasida tuzilajak har qanday kelishuvning asosi bo‘lmog‘i lozim”, dedi.

2014 yil 11 martda Qrim Oliy kengashi va Sevastopol shahri kengashi Ukrainadagi siyosiy inqiroz va hokimiyat almashinuvi asnosida Qrim avtonom respublikasi mustaqilligi to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilgan edi. 16 mart kuni yarim orolda referendum o‘tkazilib, 96 foizdan ko‘p saylovchi Rossiya bilan birlashish uchun ovoz bergan.

Uning ta'kidlashicha, Xalqaro atom energiyasi agentligi qisqa vaqt ichida Ukrainadagi Zaporojye atom elektr stansiyasiga tashrif buyurishi mumkin.

Mustaqil delegatsiyaning atom stansiyada xavfsiz va erkin muhitda ishlashiga ishonchi komil ekanini tilga olgan Kalin, ushbu tashrif taranglikni bir muddat to'xtatib qo'yishiga umid bildirdi.

Ibrahim Kalin Turkiya ham xalqaro delegatsiyalarni atom stansiya xavfsizligini ta'minlashga chaqirmoqchi ekanligini ta'kidladi.

Tanlangan kalimalar: #Ibrohim Kalin , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar