Turk Qurolli Kuchlari "Panja-qulf" amaliyoti hududida 3 terroristni yo’q qildi

Turk Qurolli Kuchlari tomonidan Iroqning shimolida o'tkazilgan Panja-qulf amaliyoti hududida bo'lginchi terror tashkiloti PKK a'zosi 3 nafar terrorist yo’q qilindi.

1867040

Milliy Mudofaa vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntidan  berilgan  xabarda,

"Terrorist qayerda bo'lsa, nishon ham o'sha yerda. Turk Qurolli kuchlarimiz terroristlarga qarshi kurashni ta'sirli va qat'iy ravishda  davom ettirmoqda. Iroqning shimolida muvaffaqiyatli davom etayotgan Panja-qulf amaliyoti mintaqasida 3 nafar PKK terrorist  yo’q qilindi deya ".  bildirildi.

Boshqa tomondan, Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Hakkari Viloyat Jandarm Qo'mondonligi tomonidan Eren Blokada-29 operatsiyasi doirasida aniqlangan 3 ta boshpana  va g'orlarda raketalar, portlovchi moddalar, qurol va o'q-dorilar yo'q qilindi.

Tanlangan kalimalar: #O'ldirildi , #Operatsiya , #PKK , #TQK

Aloqador xabarlar