Iroq shimolida xizmat o'tagan turk askar halok bo'ldi

Turkiya Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi halok bo'lgan askarlarning oila a'zolariga va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

1866067
Iroq shimolida xizmat o'tagan turk askar halok bo'ldi

 

Iroq shimolidagi "Panja-qulf" operatsiyasi olib borilayotgan hududda yaralangan turk askar 6 avgust kuni davolanayotgan shifoxonada olamdan o'tdi.

Bu haqda Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi bayonotida qayd etildi.

Bayonotga ko'ra, 6 avgust kuni bo'lginchi terror tashkiloti jangarilari tomonidan "Panja-qulf" operatsiyasi ketayotgan hududga qo'lbola bomba joylashtirilgan. Qo'lda yasalgan portlovchi moddaning portlashi natijasida og'ir yaralangan askar shifoxonada doktorlarning barcha urinishlarga qaramay vafot etgan.

Turkiya Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi halok bo'lgan askarlarning oila a'zolariga va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Panja-qulf operatsiyasi

Aloqador xabarlar