Izmirda dengiz o‘rtasida chorasiz qolgan muhojirlar qutqarildi
Turkiyaning Izmir viloyatida, dengiz o‘rtasida chorasiz qolgan 68 nafar muhojirlar qutqarildi.

Izmirning Menderes tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada 68 nafar noqonuniy muhojir quriqlikka olib chiqildi.
Sohil xavfsizlik qo‘mondonligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Menderes tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada kuzatilgan puflangan qayiqlarda noqonuniy muhojirlar borligi aniqlangani va ortidan, mazkur mintaqaga Sohil xavfsizlik xodimlari yuborilgani qayd etildi.
Xodimlar Gretsiya unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan ikki boshqa qayiqdagi 68 nafar chet ellik kishini o‘z qayiqlariga olib, quruqlikka olib chiqqan.
Noqonuniy muhojirlar kerakli protsedura ortidan viloyatdagi migratsiya boshqarmasiga topshirilgan.
Aloqador xabarlar

PKKga a’zo yana 4 terrorist taslim bo‘ldi
Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda.