Akar: Odessadan yo‘lga chiqqan kema ertaga Istanbulda bo‘ladi

Anadolu agentligi mehmoni bo‘lgan Hulusi Akar, Odessa portidan yo‘lga chiqqan kema haqida gapirdi.

1862004
Akar: Odessadan yo‘lga chiqqan kema ertaga Istanbulda bo‘ladi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Ukrainaning Odessa portidan don yuklangan kemalarning yo‘lga chiqishni davom etishini bildirdi.

Anadolu agentligi mehmoni bo‘lgan Hulusi Akar, don yuklangan birinchi kemaning Odessa portidan yo‘lga chiqqani haqida:

“Bundan keyingi kemalar ham shunga o‘xshab, kamchiliksiz davom etadi”.-dedi.

Akar,

“Ertaga (Turkiya vaqti bilan) soat 15:00 atrofida Istanbul bo‘g‘ozidan uzoq nuqtada bo‘ladi va langar tashlanganidan keyin mushtarak hay’at borib yukni tekshiradi. Bu protokol barcha kemalar uchun amal qilinadi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Global oziq-ovqat muammosining migratsiyani qo‘zg‘ash ehtimoli borligiga ham e’tibor qaratgan Mudofaa vaziri:

 “Oʻzi bilan birga Afrikadan Yevropa va Turkiyaga jiddiy migratsiya toʻlqini olib kelishi mumkin. Shu bois ham ushbu muammoni hal qilish muhimdir”.-deya gapirdi.

Rossiya portlarida ham oziq-ovqat va turli kimyoviy moddalar borligini bildirgan Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar:

“Bularni tashish bizning vazifamiz emas ammo Turkiya sifatida hissa qoʻshishdan mamnun boʻlamiz”.-dedi.



Aloqador xabarlar