Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlari O'zbekistonga tashrif buyurmoqda

Ertaga, 2 avgust kuni Toshkentda “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining bo‘lajak birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

1862123
Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlari O'zbekistonga tashrif buyurmoqda

 

Ertaga, 2 avgust kuni Toshkentda “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining bo‘lajak birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish uchun Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li va Jayxun Bayramov O‘zbekistonga kelmoqda. 

Rasmiy Toshkentning ma’lum qilishicha, tadbirda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirok etadi. 

Tomonlar O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar va transport sohalaridagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar. 

Uchrashuv davomida mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqiladi. 

Tadbir yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Eslatma: O‘tgan hafta Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon So'ylu O‘zbekistonga kelib, Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan edi. 



Aloqador xabarlar