Prezident Erdo‘g‘an Eronga amaliy tashrif uyushtirmoqda

Prezident Erdo‘g‘an Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan Eronga amaliy tashrif uyushtirmoqda.

1856103
Prezident Erdo‘g‘an Eronga amaliy tashrif uyushtirmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan Eronga amaliy tashrif uyushtirmoqda.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra ushbu tashrif doirasida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy rahbarligida 19-iyul kuni poytaxt Tehronda Turkiya-Eron Oliy darajali hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilishda Turkiya-Eron munosabatlari har jihatdan ko‘rib chiqilib, o‘zaro hamkorlikni yaxshilash uchun tashlanishi mumkin bo‘lgan qadamlar qo‘lga olinadi.

Unda, mintaqaviy va global muammolar ustidan ham fikr almashiladi.

Prezident Erdo‘g‘an huddi shu kuni Eron Prezidenti Raisiy mezbonligida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ishtirokida o‘tkaziladigan Ostona formatidagi yettinchi yig‘ilishda ishtirok etadi.

Sammitda Suriyadagi oxirgi vaziyatlar, PKK/YPG va DEASh bosh bo‘lish bilan birga mintaqa xavfsizligiga xavf tug‘dirgan terror tashkilotlariga qarshi kurash, muammoni siyosiy yo‘llar orqali hal qilish sa’y-harakatlari, insoniy holat va suriyaliklarning o‘z yurtiga o‘z ixtiyorlari bilan qaytishlari kabi mavzularning muhokama qilinishi kutilmoqda.

Prezident Erdo‘g‘an, sammit munosabati bilan rossiyalik kasbdoshi Putin bilan ham o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi.



Aloqador xabarlar