Bugun 15-iyul Demokratiya va milliy birlik kuni

Ya’ni Fetullohchi terror tashkilotining (FETO’) xoin to’ntaruv tashabbusining 6 yilligi.

1855340
Bugun 15-iyul Demokratiya va milliy birlik kuni

Bugun 15-iyul Demokratiya va milliy birlik kuni...

Ya’ni Fetullohchi terror tashkilotining (FETO’) xoin to’ntaruv tashabbusining 6 yilligi.

FETO’davlat to'ntarishiga urinish kechasi tarixda noyob qarshilik namunasini ko'rsatgan turk millati yana bir bor mamlakat mustaqilligi va kelajagini himoya qildi.

O'sha kechada muhim yo'llar, shaharlar va davlat muassasalarining ko'prigi va tutashgan joylari ishg'ol qilinishi, milliy suverenitet ramzi bo'lgan binolar, jumladan Turkiya Buyuk Millat Majlisi F-16 samolyotlari bilan bombardimon qilinishiga qaramay, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an. "Millatimizni maydonlarga taklif qilaman, bu esa to'ntarish tashabbusining yo'nalishini o'zgartiradi". deya chaqirdi.

Shundan so'ng turk millati ko'chalarga to'planib, to'ntarish tashabbuskorlariga qarshilik ko'rsatdi.

Biroq, bu ulug'vor qarshilik 251 fuqaroning hayotiga zomin bo'ldi.

Taqvimlarda 16 iyul tongining ilk soatlari ko‘rsatilganda esa fuqarolar  ko‘chalarda, vatanparvar askarlarning kazarmalarda qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashi o‘z samarasini berdi va qo‘zg‘olon bostirildi.

Bugun bu sharafli qarshilikning  6 yilligida yana bir bor nishonlanar ekan, shahidlar xotirasi turli tadbirlar bilan yodga olinib, ularga sadoqat va shukronalik tuyg‘ulari yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.

Boshqa tomondan, Prezident Erdog'an, FETO’ning 2016-yil 15-iyuldagi to'ntarish tashabbusiga qarshi  ko'rsatilgan shonli qarshilik bilan ishg'olchilarning o'tishiga yo'l qo'yilmagani va muborak g'alabaga erishilganini bildirdi.

15-iyul ruhini jonli tutamiz va Turkiya uchun tinimsiz ishlashga davom etamiz” deya  ma’lum qildi.  

Prezident Erdog'an  15-iyul Demokratiya va Milliy birlik bayrami munosabati bilan bergan bayonotini  o'z ichiga olgan turk va ingliz tillarida xotirlash e'loni bugun ba'zi gazetalarda chop etildi.

2016-yil 15-iyul kuni terror tashkiloti FETO’ning to’ntaruv tashabbusiga qarshi Turkiya sevgisi  uchun urgan yuraklar oliy kurash bilan tarixga kirganini ta’kidlagan Erdog’an, bayonotida:

“Bosqinchilarga yo’l qo’ymadik , davlat va millat sifatida yelkama-yelka bo’lib  shonli qarshiliklarimiz bilan yana bir muborak g‘alabaga erishdik. Vatani, bayrog‘i, mustaqillik va irodasi uchun chuqur fahm-farosat va buyuk qahramonlik bilan g‘amxo‘rlik qilgan xalqim va  barcha shahidlarimizni rahm-shafqat bilan yodga olamiz, faxriylarimizga sihat-salomatlik, omonlik tilaymiz. 15-iyul  jonli  va Turkiya uchun tinmay ishlashga davom etamiz” dedi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar