15-iyul Turkiyada Demokratiya va milliy birlik kuni

Turkiyada 15-iyul kuni demokratiya ramziga aylandi.

1675241
15-iyul Turkiyada Demokratiya va milliy birlik kuni

Bugun 15-iyul 2022-yil...

Bundan roppa-rosa 6 yil muqaddam ya’ni 2016-yilning 15-iyuli kuni Turkiya xoin to‘ntarish tashabbusiga duch keldi. FETO deb atalgan terror tashkiloti Turk Qurolli kuchlari tarkibiga yashirin olib kirgan unsurlaridan foydalangan holda davlatimiz va davlatimiz qadriyatlariga qarshi xoinona ravishda hujum qilishga urindi.

Prezidentlik kulliyasi, Turkiya Buyuk Millat majlisi bombalandi. Ular ichida Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi ham o‘rin olgan bir necha davlat muassasalari to‘ntarishchilar tomonidan bosib olishga harakat qilindi.

Anqara va Istanbul samolarida Qiruvchi uchoqlar bilan, ko‘chalarda esa tanklar orqali tahdid qilindik.

Albatta, xalqimiz bu vaziyatga e’tiborsiz qolmadi.

Minglab yurttoshimiz prezidentning ham chaqirig‘i bilan to‘ntarish tashabbusiga to‘siqlik qilish maqsadida shahar maydonlari bilan ko‘chalarni to‘ldirdi. Joni evaziga tanklardan oldinga ozib, vertolyotlardan otilgan o‘qlarga qarshi turdi.

Kamdan-kam uchraydigan kurash orqali davlatimiz to‘ntarish tashabbusini muvaffaqiyatli ravishda to‘xtatdi.

Bu voqeada 251 nafar shahid berildi, yuzlab insonimiz g‘oziy bo‘ldi.

15-iyul kuni, demokratiya g‘alabasining ramziga aylandi. Shahid va g‘oziylarimizni, minnatdorchilik va hurmat bilan yodga olamiz.



Aloqador xabarlar