Hulusi Akar oziq-ovqat inqirozi ustidan uyushtirilgan yig‘ilishni baholadi

Mudofaa vaziri Hulusi Akar Istanbulda oziq-ovqat inqirozi ustidan uyushtirilgan yig‘ilishni baholadi.

1855175
Hulusi Akar oziq-ovqat inqirozi ustidan uyushtirilgan yig‘ilishni baholadi

Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Istanbulda, Ukrainaning don va don mahsulotlari ustidan uyushtirilgan toʻrt mamlakat hay’ati ishtirokidagi yigʻilishda, tomonlarning vakillari oʻrin olgan koordinatsiya markazi ochilishi haqida kelishib olinganini ma’lum qildi.

Hulusi Akar Turkiya, Rossiya, Ukraina mudofaa vazirliklarining harbiy hay’atlari bilan Birlashgan Millatlar tashkiloti hay’ati o‘rtasida Istanbulda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishni baholadi.

“Ijobiy va konstruktiv tusda oʻtgan yigʻilish natijasida Istanbulda har bir tomonning vakili oʻrin olgan koordinatsiya markazining tashkil etilishi, portdan chiqish va yetib borish nuqtalarida nazorat ishlarining birgalikda amalga oshirilishi va yoʻllardan oʻtish chogʻida xavfsizlikning ta’minlanishi kabi asosiy texnik xususlarda kelishib olindi”.-degan Akar, Turkiyaning mintaqa va dunyo tinchligiga qoʻshgan hissalaridan tashqari insoniy muammo boʻlgan oziq-ovqat inqirozining hal qilinishi uchun ham zimmasiga tushgan vazifani bajarishni davom etishini qayd etdi.  



Aloqador xabarlar