Selchuk Bayraktar: «Maqsad — yuqori texnologiyali aviatsiyani rivojlantirish».

Bayraktar TB2 bu gal The Telegraph gazetasi sahifalarida.

1854758
Selchuk Bayraktar: «Maqsad — yuqori texnologiyali aviatsiyani rivojlantirish».
Selçuk Bayraktar TB2.jpg
Bayraktar TB2 SİHA 03.jpg

Turk qurolli insonsiz havo transportlari dunyo matbuotining kun tartibidan tushmaydi.

Bayraktar TB2ga bu gal Britaniyaning The Telegraph gazetasi e’tibor qaratdi.

Gazeta,  Turk qurolli insonsiz havo transportlarining muvaffaqiyatini Baykar Texnologiyasi rahbari Selchuk Bayraktarning, «Maqsad — yuqori texnologiyali aviatsiyani rivojlantirish» degan soʻzlari bilan oʻz sahifalarida chop etdi.

Gazetada, Istanbuldagi ishlab chiqarish korxonalarida Selchuk Bayraktar bilan boʻlgan intervyuga ham oʻrin berildi.

Bayraktar intervyuda, Baykar Teknolojidan maqsad yuqori texnologiyali aviatsiyani rivojlantirish, Turkiyani mustaqil va kuchli qilish ekaniga e’tibor qaratdi.

Turk qurolli insonsiz havo transportlarining mudofaa sohasidagi paradigmalarni oʻzgartirganini ta’kidlagan Selchuk Bayraktar, TB2 larning dastur va elektron jihozlari asosan Turkiyada ishlab chiqarilganini ta’kidlagan holda:

“2000-yillarda turk texnologiya kompaniyasining global brendga aylanishi hech kimning aqliga kelmasdi”.-dedi.

Ingliz gazetasida chop etilgan maqolada, Istanbuldagi Baykar ishlab chiqarish zavodlari taassurotlariga ham oʻrin ajratildi.

Fabrikadagi qat’iy xavfsizlik choralariga ishora qilingan maqolada, Baykar Teknologiyaning 10 yildan kamroq vaqt ichida xalqaro obro‘-e’tibor qozongani qayd etildi.

Maqolada, Turk qurolli insonsiz havo transportlarining Ozarbayjonning 2020-yili Armaniston kuchlarini mag‘lub etishida asosiy unsur ekani ham ta’kidlandi.

 



Aloqador xabarlar