Erdoʻgʻan bilan Putin don eksporti uchun xavfsiz yoʻlaklar tashkil etish masalasini qoʻlga oldi

Prezident Erdoʻgʻan bilan Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.

1854586
Erdoʻgʻan bilan Putin don eksporti uchun xavfsiz yoʻlaklar tashkil etish masalasini qoʻlga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lumotiga koʻra uchrashuv chogʻida Suriyadagi vaziyat, shuningdek, Ukraina-Rossiya urushi va Qora dengizda don eksporti uchun xavfsiz yoʻlaklar tashkil etish masalalari qoʻlga olindi.

Prezident Erdoʻgʻan unda, Suriyada transchegaraviy mexanizmni kengaytirishga ahamiyat berganligini ta’kidladi.

Erdoʻgʻan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qora dengizda don eksport qilish uchun xavfsiz yoʻlaklar yaratish rejasi uchun chora koʻrish vaqti kelganini bildirdi.

Boshqa tomondan, Ukraina bilan Rossiya oʻrtasidagi urushning muzokaralar yoʻli bilan butunlay va adolatli ravishda toʻxtatilishi kerakligini takrorlagan Prezident Erdoʻgʻan, Turkiya sifatida muzokara jarayonining jonlanishiga qoʻlidan kelgan hissasini qoʻshishga tayyorligini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar