Prezident Erdo‘g‘an Madridda bo‘lib o‘tadigan NATO yig‘ilishida ishtirok etadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bugun Ispaniyaga jo‘nab ketadi.

1848921
Prezident Erdo‘g‘an Madridda bo‘lib o‘tadigan NATO yig‘ilishida ishtirok etadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 28-30 iyun kunlari Madridda bo‘lib o‘tadigan NATO tarkibidagi davlatlarning prezident va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun bugun Ispaniyaga ketadi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra sammitda, Yevropa-Atlantika xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlarga qarshi strategik darajada fikr almashiladi. Rossiya-Ukraina urushining ittifoqqa bo‘lgan ta’siri baholanib, NATOning oldini olish va mudofaa tuzilmasi ko‘rib chiqiladi.

Madridda, ittifoqning kelajakdagi faoliyatiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan yangi Strategik kontseptsiyani tasdiqlash ham kun tartibidan o‘rin oladi.

Prezident Erdo‘g‘an sammit doirasida ba’zi ittifoqdosh va hamkor davlat rahbarlari bilan ham uchrashadi.



Aloqador xabarlar