Muhammad bin Salmon amaliy tashrif bilan Turkiyada

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon amaliy tashrif bilan Turkiyada

1847004
Muhammad bin Salmon amaliy tashrif bilan Turkiyada

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, amaliy tashrif bilan Turkiyaga keldi.

Yirik hay’at bilan kelgan valiahd shahzoda Prezident Rejep Erdo‘g‘an tomonidan poytaxt Anqarada Prezidentlik kulliyasida rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Erdo‘g‘an va shahzoda Salmon, ushbu marosim ortidan o‘zaro va hay’atlaro uchrashuvga o‘tdi.

Mintaqaviy va xalqaro o‘zgarishlar ham muhokama qilinadigan uchrashuvlarda, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama baholanadi. Muzokaralarning asosiy kun tartibi iqtisodiyot bo‘ladi.

Savdodan turizmga, sog‘liqni saqlashdan mudofaa sanoatiga qadar turli sohalarda hamkorlikni oshirish uchun tashlangan qadamlar muhokama qilinadi.

Shu doirada Turkiya bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasida turli shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Prezident Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saudning taklifiga binoan joriy yilning 28-29 apreli kunlari Jiddaga borib, bir qator uchrashuvlar o‘tkazgandi.

Erdo‘g‘an shuningdek, 10-may kuni shahzoda Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali yo‘lga qo‘ygan muloqoti chog‘ida, o‘zaro va mintaqaviy masalalarni qo‘lga oldi.



Aloqador xabarlar