TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1846269
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiyaning Siirt viloyatiga qarashli Pervari tumanidagi Xerekol tog‘i qishloq hududida terror tashkilotining 2 nafar a’zosi yo‘q qilindi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Eren blokada-17” amaliyoti doirasida terror tashkilotining 2 nafar a’zosining qurol va jihozlari bilan yo‘q qilingani qayd etildi.

Bayonotda, mintaqada amaliyotlarning davom etayotgani bildirildi.

Shuningdek, Iroqning shimolida Turk Qurolli Kuchlari tomonidan “Panja-kalit” amaliyoti olib borilmoqda. Shu doirada, mintaqadagi PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi Twitter sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida:

“Terrorizm va terroristlarga qarshi kurashimiz qat’iy qaror, ishonch va yuqori motivatsiya bilan davom etmoqda. Qahramon turk askarlari, Iroq shimolida muvaffaqiyatli davom etayotgan Panja-kalit amaliyoti mintaqasida yana 5 nafar PKK a’zosini yo‘q qildi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar