Shimoliy Makedoniyada TRT Balkan raqamli xabar platformasi tanituv dasturi bo’lib o’tdi

Shimoliy Makedoniyaning poytaxti Skopyeda Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi (TRT) Balkan raqamli xabar platformasi uchun tanituv  dasturi bo’lib o’tdi.

1846079
Shimoliy Makedoniyada  TRT Balkan raqamli xabar platformasi tanituv  dasturi bo’lib o’tdi

Shimoliy Makedoniyaning poytaxti Skopyeda Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi (TRT) Balkan raqamli xabar platformasi uchun tanituv  dasturi bo’lib o’tdi.

Eski Skopye Mustafo bozoridagi Kurshunlu Xonda tashkil etilgan dasturga Turkiyaning Skopyedagi elchisi Hasan Mehmet Sekizko’k, TRT  Boshqaruv Kengashi raisi Ahmet Albayrak, TRT Bosh direktori Mehmet Zahid So’baji, TRT Bosh direktor o’rinbosarlari O’mer Faruk Tanrıverdi, Muhammed Ziyad Varo’l, Fethi Fahri Kaya va Mustafa Malko’ch  bilan bir qatorda  siyosatchilar,  mamlakatdagi  Turk muassasa  tashkilotlari vakillari  va  mehmonlar ishtirok etdi.

Dastur doirasida TRT Balkan tomonidan tayyorlangan  tanituv  videolari va suhbatlar namoyish etildi.

TRT Bosh direktori So’baji bu yerda qilgan nutqida,  Ko‘ngil geografiyalarida alohida  bir o'rin egallagan Evlad-i Fatihan diyori Rumelida bo'lishdan juda  mamnunligini va Turkiyaning Bolqon bilan mustahkam aloqalari borligini aytdi. Bolqon geografiyasi va  ayniqsa Shimoliy Makedoniya bilan avvalambor mustahkam va samimiy rishtalari uchun minnatdor ekanini aytdi.

TRT Bolqondagi etnik mozaika va madaniy boylikning bir qismi bo'lgan  urug’doshlar  uchun ona vatan ovozi va  nafasi ekanligini ta'kidlagan So’baji, TRTga ko'rsatilgan bu  aloqa  befarq qoldirmaslik uchun qo'llaridan kelganini qilganliklarini aytdi.

TRT Haber, TRT Avaz va TRT Turk kabi telekanallar orqali mintaqadagi yangiliklarni ekranlarga olib chiqish bilan birga, So’baji so'zlarini quyidagicha davom ettirdi:

"Biz hozir TRT Balkan raqamli xabar platformamizni qo'shish orqali Turkiyaning 41 til va lahjalarida, jumladan mintaqaviy tillarda eshittirishlariga yangi bir  o'lchov qo'shmoqdamiz. O'tgan hafta Anqarada bo'lib o'tgan ochilish marosimi bilan TRT Balkan raqamli xabar platformamiz eshittirish hayotiga "Salom" deb boshladi. Mintaqadagi aloqalar mustahkamlanib, jurnalistika sohasiga yangi  bir nafas kirishiga ishonaman. TRT Bolqonning Bolqon tillarida efirga uzatilishi bilan bir  ichki ovoz bo'lishi bilan birga, yangi  bir yuz bo'ladi. Turkiyaga ham, dunyoga ham ochilgan mintaqaning yuzi Platformamiz    ko‘ngillimizning   bir qismini bu yerga qoldirib keldik. Bundan tashqari Turkiyaga ko’chib kelgan va Bolqonlarni qiziqish bilan kuzatgan yuz minglab Rumeli ko’chmanchisi  ham uni kuzatib boradi." deya qayd etdi.

Bolqonning asrlar davomida qardoshlik hayotini quchoqlagan geografiyasiga diqqat qaratgan So’baji, Bolqonning qadimiy shahri Skopyeda turklar, makedoniyaliklar, albanlar va bosniyaliklarning birga yashayotganiga diqqat qaratdi.

Elchi Sekizko’k ham dunyo brendi bo'lgan TRTni jurnalistika va radioeshittirish sohasidagi bilim, tajriba va sifatini Bolqonlarga yangi bir yutuq bilan o'tkazganligini nishonlash uchun  bir oraga kelganliklarini aytdi.

Ma’ruzalardan so‘ng Bolqon xalq qo‘shiqlari konserti uyushtirildi.

Mintaqa xalqini va mintaqani  aloqador etgan masalalarni global miqyosda yoritish maqsadida efirga chiqqan yangi raqamli xabar platformasi TRT Balkan Makedoniya, Alban, Bosniya, Xorvat va Serb tillarida efirga uzatiladi.

TRT Balkan ushbu tillarda so'zlashuvchi 30 milliondan ortiq kishiga murojaat qiladi.

Shimoliy Makedoniyaning poytaxti Skopyeda TRT Balkan raqamli xabar platformasi tanituv  dasturi bo’lib o’tdi

 



Aloqador xabarlar