Hakkarida PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1845610
Hakkarida PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yo‘q qilindi

Turkiyaning Hakkari viloyatida PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yo‘q qilindi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Akbal qishlog‘i chetida Hakkari viloyat Jandarmeriya qo‘mondonligiga qarashli maxsus topshiriqli guruh tomonidan boshlatilgan “Eren blokada-2” amaliyoti doirasida kecha terror tashkilotining 2 nafar a’zosi yo‘q qilingan.  

Ichki ishlar vaziri Suleyman So‘ylu ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali, “Terror blokada ostida” degan sarlavha bilan qoldirgan postida:

“Eren blokada-2 amaliyoti doirasida Hakkarining Shemdinli tumanida, jandarmeriya va qo‘riqchilarimiz, harakatga tayyorlanayotgan 2 nafar terroristni yo‘q qildi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar