Prezident Erdo‘g‘an G‘arb siyosatiga ishonch yo‘qligini qayd etdi

Prezident Erdo‘g‘an tunov kuni Vanga bo‘lgan tashrifi chog‘ida yoshlar bilan uchrashdi.

1842122
Prezident Erdo‘g‘an G‘arb siyosatiga ishonch yo‘qligini qayd etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, G‘arb siyosatiga ishonch yo‘qligini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an tunov kuni Vanga bo‘lgan tashrifi chog‘ida yoshlar bilan uchrashdi.

Unda so‘zlagan nutqida Gretsiyadagi bazalarni yodga solgan Erdo‘g‘an, 5 ta bazaga qo‘shib yana 4 ta baza qurilayotgani, nima qursalar ham ularning sababi so‘ralganida unga qarshi berilgan javobning judayam ma’noli ekaniga e’tibor qaratdi.

Yuqorida nomi tilga olingan bazalarning ruslarga qarshi qurilgani haqidagi javob oldida Prezident Erdo‘g‘an, “Agar ruslarga qarshi qurilgan bo‘lsa unda ruslar qarshisida Ukrainaga qanday yordam berildi? Ukrainani qo‘llash imkoni bo‘ldimi?”-degan savollarni o‘rtaga tashladi. Ortidan esa G‘arbning faqat ilmini, san’atini olish maqulligini lekin siyosatiga ishonch yo‘qligini ifoda etdi. G‘arbning Turkiyani 1963-yildan beri Yevropa ittifoqi masalasida chalg‘itib kelayotgani qayd etdi. Shuningdek G‘arbda to‘g‘rilik yo‘qligini, to‘g‘rilik bizning xalqimizga xos fazilat ekanini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar